Misr Rossiya—2018 mundialida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Bunga qadar Afrika qit’asidan Nigeriya shunday baxtga sazovor bo‘lgandi.

Foto: Google Images

Saralashning 5-turida Misr o‘z maydonida Kongoni qabul qilib, 2:1 hisobida zafar quchdi. 63-daqiqada Muhammad Saloh hisobni ochgan bo‘lsa, 87-daqiqada kongolik futbolchilar muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lgandi. Ammo bu holat Salohni qahramonlikdan mosuvo qila olmadi. “Liverpul” hujumchisi 90-daqiqadagi goli bilan misrliklarni Rossiya mundiali sari yetakladi.

Foto: FotMob

So‘nggi tur qanday hisob bilan yakun topsa-da, bu Misrning natijasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Bir kun oldin “Arsenal” hujumchisi Aleks Ivobining Zambiya darvozasiga urgan goli Nigeriya joniga oro kirib, ular ham JCh—2018 chiptasiga ega chiqqandi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Foto: Google Images

JCh—2018 da ishtirok etishi aniq bo‘lgan mamlakatlar: Rossiya, Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Nigeriya, Kosta-Rika, Misr, Polsha.