Rossiyaning Dog‘iston mintaqasida patrul-post xizmati va ekstremizmga qarshi kurash markazi xodimlari o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqdi. Mojaro chog‘ida ikki tomon vakillari avtomatlardan havoga o‘q uzdi, deb xabar beradi Meduza.
8-oktabr kuni Sovetskiy tuman IIB PPX vakillari mashinani to‘xtatdi. Mashinada oddiy fuqaro libosida o‘tirgan yigitlar politsiya vakillari ekanligini aytib, hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortdi. Mushtlashuv kelib chiqdi, uning chog‘ida IIB xodimlari havoga o‘q uzdi.
Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, havoga kamida ikki magazin o‘q uzilgan.
Dog‘iston IIV voqea yuzasidan xizmat tekshiruvini o‘tkazmoqda.
Izoh (0)