Rossiya prezidenti Vladimir Putin kecha — 7-oktabr kuni 65 yoshni qarshi oldi.

Foto: Google Images

Shu kecha Rossiyaning “Lider—65” klubi Italiya faxriylariga qarshi futbol o‘ynab, 6:3 hisobida ustun keldi, deb yozdi “Sports.ru” nashri. “Lider—65”ni maydonga sardor sifatida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov boshlab chiqdi.

Qodirov jamoasida Rossiya futbolining yaqin o‘tmishdagi yulduzlaridan Valeriy Karpin, Aleksandr Kerjakov, Roman Shirokov, Aleksandr Filimonov harakat qildi. Shuningdek, futbol afsonalaridan biri Ronaldinyo ham “Lider—65” safida ko‘rinish berdi.

Shou uchrashuvida ishtirok etish uchun Italiya futboli faxriylaridan Salvatore Skilachchi, Marko Kassetti, Fabritsio Ravanelli, Marko Delvekkio kabi mashhurlar keldi. Faxriylarga qarshi “Axmat” futbol klubi sardori Rizvon Utsiyev, Checheniston parlamenti vakili Magomed Daudov, Shimoliy Kavkaz vaziri Lev Kuznetsov kabilar ham o‘ynadi.

Foto: Google Images

Italiyaliklar safida har uchala golga Marko Delvekkio mualliflik qildi. Rossiyaliklardan Roman Shirokov, Aleksandr Kerjakov, Lev Kuznetsov, Magomed Daudov 1 tadan gol urdi. Ronaldinyo ham o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi. Ramzan Qodirov esa 1 ta gol urib, bir marta golli uzatmani ham amalga oshirdi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images