10-oktabr kuni Portugaliya o‘z maydonida Shveysariyani qabul qiladi. Mazkur bellashuvda Krishtianu Ronaldu jamoadoshlari ochko yo‘qotsa, mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chipta yutib olinmaydi.
Yevro—2016 g‘olibi sifatida saralash o‘yinlariga kirishgan Portugaliya ilk turdayoq Shveysariyaga imkoniyatni bor berib qo‘ygandi. Portugaliya shundan keyin barcha uchrashuvlarni o‘z foydasiga hal qilib ham, raqobatchisiga yeta olmadi. Boisi Shveysariya ham birorta uchrashuvda ochko yo‘qotmadi.
Krishtianu Ronaldu Andorraga qarshi kechgan o‘yinda saralashdagi 15-golini urib, Robert Levandovskiga yetib oldi. Mazkur ikki futbolchiga qadar JCh saralashlarida 15 ta gol urish yevropalik hech bir futbolchiga nasib qilmagandi. Qayd etish kerak, Ronaldu Andorraga qarshi o‘yinning 2-bo‘limida maydonga tushirildi.
Shveysariya esa o‘z maydonida Vengriya darvozasiga 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu borada to‘plar nisbati baribir Portugaliyada yaxshiroq. Latviya esa Farer maydonida golsiz durang qayd etdi. Tomonlarning Rigada o‘tgan o‘yinida Farer orollari futbolchilari 2:0 hisobida ustun kelgandi.
JCh—2018. Saralash “B” guruhi. 9-tur 7-oktabr, shanba
Izoh (0)