JCh—2018 mezboni Rossiya terma jamoasi FIFA kunidan unumli foydalanib, mundial chiptasini qo‘lga kiritgan Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi va 4:2 hisobida zafar quchdi.

Foto: Getty Images

Bellashuvda koreyalik himoyachi Kim Yu Yon ikki bor avtogol muallifiga aylandi. Koreyalik futbolchilar so‘nggi daqiqalarga kelibgina yirik mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Janubiy Koreya termasi JCh—2018 chiptasini O‘zbekiston bilan bir guruhda to‘p surib qo‘lga kiritgandi. Samvel Babayan jamoasini Seulda 2:1 hisobida taslim qilgan koreyalik futbolchilar, Toshkentdagi golsiz durangdan keyin bayram qilgandi.

Rossiya 10-oktabr kuni O‘zbekistonni saralashda har ikki o‘yinda ham mag‘lub etgan Eronga qarshi saf tortadi.

Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini

Moskva. “SSKA Arena”

7-oktabr, shanba

Rossiya — Janubiy Koreya 4:2

Gollar: Fyodor Smolov, 44 (1:0). Kim Yu Yon, 55-avt (2:0). Kim Yu Yon, 57-avt (3:0). Aleksey Miranchuk, 84 (4:0). Kvon Ken Von, 87 (4:1). Chi Don Von, 93+ (4:2).