Iroq hukumati Turkiya va Erondan Iroq Kurdistoni bilan chegaradagi barcha nazorat-o‘tkazish punktlarini yopishni so‘radi. Bu haqda Iroq tashqi ishlar vazirligining vakili Ahmad Mahjub bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Mahjubning so‘zlariga qaraganda, Iroq federal hukumati tegishli so‘rovning javobini kutmoqda.
“Hujjat Iroqning kurd muxtoriyati rahbariyati bilan barcha operatsiyalarni to‘xtatish so‘rovini ham o‘z ichiga oladi”, — ma’lum qildi u.
Shuningdek, Bag‘dod neft bilan bog‘liq barcha savdo operatsiyalarini to‘xtatishni talab qilmoqda.
Iroq Kurdistonida o‘tkazilgan mustaqillik referendumidan so‘ng federal hukumat shu kabi choralarni ko‘rmoqda.
Izoh (0)