Yaponiyada turar-joyga o‘t qo‘yilishi oqibatida ayol kishi va uning besh nafar farzandi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy TBS telekanali xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Fojiali hodisa Ibaraki prefekturasining Xitati shahrida yuz berdi.
Telekanalning ma’lum qilishicha, 40 yoshlar atrofidagi erkak politsiyaga kelgan va halok bo‘lganlarning otasi ekanligi hamda uyga o‘t qo‘yganligini ma’lum qilgan.
“Uyga o‘t qo‘ydim”, — deya tan olgan u.
Politsiya va o‘t o‘chiruvchilar yong‘in tongotar paytda Xitatidagi ijtimoiy uylar majmuasidagi kvartiralardan birining birinchi qavatida yuz bergan. Kvartirada yetti kishi — uch yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan besh nafar bola va ularning ota-onasi istiqomat qilgan.
Olov tezda o‘chirilgan, yong‘in joyidan besh kishining jasadi topilgan. 11 yoshli qiz og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan va u yerda halok bo‘lgan.