Vladimirdagi YTH qurbonlari soni 17 kishiga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mintaqa vitse-gubernatori Aleksandr Lobakov avariyada jabrlangan bola shifoxonada vafot etganini ma’lum qildi. To‘qnashuvdan so‘ng ikki bola og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani ma’lum qilingan edi.
“Bola shifoxonada olamdan o‘tdi. U operatsiya qilindi, ammo, afsuski, og‘ir ahvolda edi”, — dedi vitse-gubernator.
Oldinroq 16 kishi halok bo‘lgani, besh kishi jabrlangani bildirilgan edi.
Izoh (0)