Rossiyaning Vladimir viloyatida poyezdning avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash ishlari 7-oktabr kuni boshlanadi. Bu haqda viloyat gubernatori o‘rinbosari Mixail Kolkov tezkor shtab yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Aftidan, ertaga boshlanadi”, — dedi Kolkov, marhumlar shaxsini aniqlash ishlarini nazarda tutar ekan.
Muqaddam O‘zbekiston konsuli Tohir Oripov Moskvadan o‘zbekistonlik yo‘lovchilar bo‘lgan avtobus ishtirokidagi YTH yuz bergan Vladimir viloyatidagi joyga yo‘l olgani hamda halok bo‘lgan va jabrangan fuqarolar shaxsini aniqlash bo‘yicha ishlar boshlangani ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)