Ispaniya hukumatining Kataloniyadagi vakili Enrik Millo politsiyachilar tomonidan referendum ishtirokchilariga nisbatan kuch qo‘llangani uchun uzr so‘radi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
1-oktabr kungi referendumga ovoz berishga kelgan odamlarning bir qismi politsiya vakillari tomonidan kaltaklangan edi. Millo shu munosabat bilan jabrlanganlardan milliy politsiya va fuqarolik gvardiyasi nomidan kechirim so‘radi.
Shu bilan birga, u Kataloniya rasmiylari odamlarni konstitutsion sud noqonuniy deb topgan referendumga kelishga chorlaganini eslatib o‘tdi.
Izoh (0)