Saudiya Arabistoni tabaasi bo‘lgan ayol mashina boshqarib ketayotgan paytda YTHda halok bo‘ldi. Mamlakatda ayollarga mashina haydash ruxsat etilganidan buyon birinchi marta bunday holat kuzatilishi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Ayol Jiddada avtomobil haydashni o‘rganayotgan edi. U bilan birga eri o‘tirgan edi. Eri rafiqasiga o‘rgatib borayotgan edi. Ammo bir payt ayol boshqaruvda adashib, beton devorga urildi.
Nomi keltirilmayotgan ayol voqea joyida halok bo‘ldi, eri esa shifoxonaga yotqizildi.
Izoh (0)