Pokistonning Belujiston viloyatidagi ibodatxonada sodir etilgan portlash oqibatida 18 kishi qurbon bo‘ldi, 22 kishi jarohat oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Voqea Jxal-Magsi shahri yaqinida ro‘y berdi. Xudkush terrorchi ibodatxonaga kirishga uringanida politsiyachilar tomonidan to‘xtatildi va bino ostonasida o‘zini portlatib yubordi.
Voqea joyi o‘rab olingan. Jabrlanganlar shifoxonaga yetkazildi.
Portlash qurbonlaridan biri jangarini to‘xtatishga uringan politsiyachidir. Yana ikki politsiyachi jarohat oldi.