Agar odam o‘z o‘rnini topgan bo‘lsa, unda ish kayfiyati har doim bo‘ladi. Agar u tez charchayotgan bo‘lsa, qandaydir sovuqqonlikni his qilsa, miriqib uxlay olmasa, dushanba kunlaridan qo‘rqsa – bularning hammasi o‘z ishidan ko‘ngli to‘lmaslikning belgilari hisoblanadi.

Foto: Shutterstock

Negizida “kerak” va “zarur” degan so‘zlar yotgan bo‘lsa, siz kerakli tartibda to‘g‘rilana olmaysiz. O‘zini tutish sabablari negizida “xohlayman” va “qila olaman” so‘zlari yotgan bo‘lsa, odamga yil fasllari ham, ishdagi kelishmovchiliklar ham, dollar kursi ham, uydagi muammolar ham ta’sir ko‘rsatmaydi.

Kuz fasli har yili keladi va unga e’tibor berishga hech qanday sabablar yo‘q – tabiat shunday tuzilgan, bu normal holat.

Kuzning yaxshi tomonlarini izlang. Erta qorong‘i tushadimi? Juda yaxshi, loyihani bahorgacha tayyor holga keltirish uchun chalg‘imasdan bemalol ishlash mumkin.

Aslida, muammo faslda emas, balki o‘zingizda bo‘lishi mumkin. Bu ko‘pincha ko‘ngilning bulutli holati ta’sirida yuzaga keladi.

Lekin, odamda aynan kuz faslida quyosh yo‘qolishi bilan paydo bo‘ladigan depressiv holat bo‘lishi ham mumkin. Unda sizga quyidagilar yordam beradi:

  • Yugurish, skandinavcha yurish va piyoda sayr qilishlar. Tabiat qo‘yniga chiqing va u yerda butun kunni o‘tkazing, kuz faslining go‘zalligidan bahramand bo‘ling – mana ko‘rasiz, siqilish orqaga chekina boshlaydi.
  • Suv bilan aloqa stressni kamaytiradi.
  • Uyingizni yashash uchun qulay va shinam holga keltiring. Chiroqlarning joyini o‘zgartiring, sevimli kitoblaringizni o‘zingizga qulay tarzda qaytadan joylashtiring, joningizga tekkan va ortiqcha narsalarning hammasini tashlab yuboring. Shunday qilingki, siz uyga xursandchilik bilan qaytadigan bo‘ling.

Hayotingizni o‘zingizga qulay tarzda tashkillashtiring.

Manba: “Wmj.ru”