Hindistondagi yirik avtozavod faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatildi. Zavod hududiga qoplon kirib olgani bunga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi “RBK”.
Maruti Suzuki avtomobilsozlik zavodi kuzatuv kameralari ishlab chiqarish hududida bemalol aylanib yurgan yirtqichni qayd qildi. Bino qo‘riqchisi barchani ogohlantirdi. Tungi navbat ishchilari darhol hududni tark etdi, ertalabki navbat bekor qilindi.
Mahalliy tabiatni muhofaza qilish xizmati vakili Vinod Kumar ayni paytda mutaxassislar jonivorni qidirayotganini, lekin ishlar hozircha muvaffaqiyat keltirmaganini ta’kidlab o‘tdi.
“Yetti kishidan iborat guruh qidiruv bilan band. Ularda trankvilizatorlar bor, qoplonni tinchlantirishda undan foydalaniladi”, — dedi u.
Izoh (0)