Rossiyaning amaldagi rahbari Vladimir Putin 2018-yilgi prezident saylovida ishtirok etish borasida hozircha aniq bir to‘xtamga kelmadi. Asosiy nomzodlar o‘z rejalarini noyabr oyining oxirida — dekabr oyini boshida e’lon qiladi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Rossiya energetika haftaligi” tadbirida moderator unga kimga qarshi o‘z nomzodini ko‘rsatishi haqida savol berdi.
“Yo‘q, men kimga qarshi nomzodimni ko‘rsatishimni hal qilish tugul, umuman ishtirok etish-etmasligimni hal qilganim yo‘q”, — deb javob berdi Putin.
Izoh (0)