Rossiya prezidenti Vladimir Putin zayavil KXDRning ilgarigi rahbari Kim Chen Ir 2000-yillar boshida unga Shimoliy Koreyada yadroviy bomba borligini aytganini ma’lum qildi. Bu haqda u “Rossiya energetika haftaligi” tadbiri doirasidagi chiqishida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Qarang, 2001-yili Yaponiyaga ketishda Shimoliy Koreyada bo‘ldim va u yerda bugungi yetakchining otasi bilan uchrashdim. U menga o‘sha paytiyoq yadroviy bombasi borligini aytgan edi. Bundan tashqari, ular oddiy artilleriya tizimlari yordamida Seulni osonlikcha nishonga olishi mumkin edi. Bu qachon bo‘lgandi? 2001-yilda! Hozir 2017-yil, mamlakat doimiy sanksiyalar sharoitida yashaydi, lekin hozir ularda atom bombasi o‘rniga vodorod bombasi bor”, — dedi Putin.
Rossiya rahbari G‘arb davlatlarining KXDRga qarshi sanksiyalari vaziyatni o‘zgartirmaganini, aksincha, ziddiyatni kuchaytirib yuborganini ta’kidladi.
Izoh (0)