Tesla Inc joriy yilning uchinchi choragida keng ommaga mo‘ljallangan Model 3 elektromobilini ishlab chiqarish rejasini bajara olmadi: kompaniya rejalashtirilgan 1,5 ming avtomobil o‘rniga 260 dona chiqara oldi, deb xabar beradi “Interfaks”.
“Model 3 ishlab chiqarish hajmlari kutilganidan past bo‘lishiga sabab ishlab chiqarish joylari torligidir, — deyiladi Tesla xabarnomasida. — Kaliforniyadagi zavod va Nevadaning Gigafactory korxonasidagi ishlab chiqarish tizimlarining ko‘pchiligi yuqoriroq yuklama bilan ishlay olishiga qaramasdan, ularning ayrimlarini iste’molga kiritish kutilganidan cho‘zilib ketdi”.
Iyul–sentabr oylarida mijozlarga 220 yangi sedan topshirildi. Bunda kompaniya komponentlar yoki logistika bilan muammolar yo‘qligini bildirib o‘tdi.
Model 3 loyihasi iyul oyida ishga tushirilgan edi. Konveyerdan chiqqan birinchi avtomobilning egasi Tesla rahbari Ilon Mask bo‘lgan edi. Avgustda kompaniya bunday avtomobillardan yuzta, sentabrda 1,5 mingga yaqin chiqarishni rejalashtirgan edi. Rejaga muvofiq, yil oxiriga qadar haftalik ishlab chiqarish hajmi 5 mingta mashinani tashkil etishi lozim edi.
Izoh (0)