Fransiya politsiyasi Parijda “Pari Sen-Jermen” va “Bordo” futbol jamoalari o‘yini arafasida rejalashtirilgan teraktning oldini oldi. Bu haqda, Daily Mail nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Qo‘lbola portlovchi uskuna o‘yi 30-sentabr kuni Parijda, ikki jamoa uchrashuvi oldidan topildi. To‘rt gaz ballondan iborat uskuna o‘yindan bir necha soat muqaddam “Park de Prens” stadionidan topildi.
Operatsiya natijasida besh kishi hibs olindi. Ular orasida nazorat ostidagi diniy radikal ham bor.
Uchrashuv bekor qilinmadi. 50 ming tomoshabin stadionda turib kuzatgan o‘yin PSJ foydasiga 6:2 hisobi bilan yakunlandi.
Izoh (0)