IShID terrorchi guruhi e’lon qilgan yangi videoda Dayr az-Zavr uchun janglarda asir olingan ikki rossiyalik harbiy xizmatchi ko‘rsatildi. Bu haqda, terrorchilarning xatti-harakatini kuzatuvchi SITE Intelligence Group tashkilotiga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.
Videodagi erkaklardan biri o‘z ismini aytadi. Ma’lum bo‘lishicha, u 1979-yili tug‘ilgan Zabolotniy Roman Vasilyevich bo‘lib, Rostov viloyatini Aksay tumani Rassvet qishlog‘ida tug‘ilib o‘sgan. Mahbusning aytishicha, uning yonida o‘tirgan kishi 1978-yili tug‘ilgan Surkanov Grigoriy Mixaylovich bo‘lib, u Moskva viloyatining Domodedovo tumanida tug‘ilgan.
https://twitter.com/AlqalaamVID/status/915222927406194689
Muqaddam IShID ikki nafar harbiy xizmatchi asir olinganini ma’lum qilgan, ammo Rossiya mudofaa vazirligi buni inkor etgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)