29-sentabr kuni soat 19:20 larda Yunusobod tumanida joylashgan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti yotoqxonasi qarshisida 1988-yilda tug‘ilgan erkak kishi boshqaruvidagi Spark avtomobili ikki piyodani urib yubordi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Spark bilan to‘qnashgan ikki ayol qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Nexia’ga urilgan. Oqibatda 1995 va 1987-yilda tug‘ilgan qizlar Toshkent tibbiyot akademiyasida vafot etgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.