Faoliyatini Farg‘onaning “Neftchi” futbol klubida olib borayotgan mutaxassis Vadim Abramov o‘z vaqtida kelishilgan o‘yinda ishtirok etgan. Bu haqda murabbiyning o‘zi “Oriyat Dono” radiosiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozdi “Tribuna”.
Kelishilgan o‘yin Vadim Abramovning murabbiylik faoliyatini endigina boshlagan vaqtlariga to‘g‘ri keladi. U “Traktor” futbol klubini boshqarayotgan bir vaqtda, Oliy Ligadan tushib ketish xavfida turgan klub vakillari iltimos bilan chiqqan. Abramovning ishontirib aytishicha, bunda hech qanday pul rol o‘ynamagan. Shunchaki, raqib jamoa nima qilib bo‘lsa-da elitada qolishni maqsad qilgani uchun, iltimos qilishdan boshqa chorasi bo‘lmagan.
Shunday paytlar bo‘ladi, yordam so‘rab kelgan odamga shunchaki yo‘q deyolmaysan. Bu yerda pul haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas. Agar pul taklif qilinganida, men bu iltimosni eshitib ham o‘tirmasdim. Raqib jamoa chempionlik uchun kurashayotganida ham rad javobini berib, oxirgi kuchimiz qolgunicha kurashgan bo‘lardik.Abramovning qayd etishicha, masalani chindan ham futbolchilarning o‘zi hal qilgan va jamoasi yutqazgan. Ligadan esa butunlay boshqa klub tushib ketgan. Murabbiy bunda gap qaysi yildagi aynan qaysi o‘yin haqida ketayotganiga oydinlik kiritmagan.Oldimga kelib iltimos qilgan klub esa og‘ir ahvoldagi, ligani tark etishni istamayotgan jamoa edi. Qarorni yolg‘iz o‘zim chiqarmaganman. Barcha futbolchilar ichida bu iltimosni aytishi kerakligini, masalani faqat ular hal qilishini tushuntirganman. Chunki futbolchilarga “mana bu o‘yinni yutqazib berishimiz kerak”, deb hech qachon ayta olmasdim.
Vadim Abramov, “Neftchi” bosh murabbiyi
Izoh (0)