Dibala penaltida adashdi va “Yuventus” ochko yo‘qotdi. “Roma” “San Siro”da master klass ko‘rsatdi
Italiya A seriyasining 7-tur bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Bu tur “Napoli”ni turnir jadvalida yaqqol yetakchiga aylantirdi.
Neapollik futbolchilar navbatdagi yirik g‘alabani tantana qildi. Mauritsio Sarri shogirdlari 7 ta o‘yinda 25 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
“Yuventus” esa “Atalanta” maydonida 2 ochko yo‘qotdi. 2 ta gol farqi bilan oldinda borayotgan jamoa, yakunda 2 ta to‘p o‘tkazib yubordi. A seriya to‘purari bo‘lib turgan argentinalik hujumchi Paulo Dibala penaltidan aniq foydalana olmadi.
Turning markaziy o‘yini “San Siro” stadionida kechib, Rimning “Roma” klubi “Milan”ni taslim qildi. Bu Montella jamoasining uchinchi mag‘lubiyati bo‘lib yozildi.
Luchano Spaletti boshqaruvidagi “Inter” esa g‘alabasi evaziga Turin klubi bilan tenglashib oldi. Turning eng sermahsul o‘yinini “Latsio” futbolchilari ko‘rsatdi — 6:1.
Italiya A seriyasi 7-tur bellashuvlari 1-oktabr, yakshanba
Gollar: Domeniko Berardi, 27-pen (0:1). Luis Alberto, 46+ (1:1). Stefan de Vrey, 56 (2:1). Luis Alberto, 57 (3:1). Marko Parolo, 64 (4:1). Marko Parolo, 70 (5:1). Chiro Immobile, 81-pen (6:1).
Izoh (0)