30-sentabr kuni Moskva hayvonot bog‘ida birinchi nikoh marosimi tashkil etildi. Shahar meri Sergey Sobyaninning farmoyishidan so‘ng hayvonot bog‘i nikohni qayd etish ruxsat etilgan joylar ro‘yxatiga kirdi. Bu haqda TJournal ma’lum qilmoqda.
Anton Kravchenko va Mariya Vlaskina hayvonot bog‘ining eski hududidagi Klyuyev bog‘ida turmush qurdi. Bu joy Tver FHDYo idorasining sayyor maydonchasi hisoblanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hayvonot bog‘ida nikoh to‘yi o‘tkazish bo‘yicha boshqa ariza kelib tushmagan. Marosim davomida hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar uchun hech qanday cheklov qo‘yilmagan.
Izoh (0)