Singapurning internet-do‘konlarida IShID jangarilari tasvirlangan soxta LEGO o‘yinchoqlari aniqlanib, musodara etildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
To‘plamlar 6–12 yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan edi. Ular terrorchilar tasvirlangan shakllardan iborat edi. Do‘konlarda bunday o‘yinchoqlar sotilayotganini mahalliy matbuotga o‘quvchilar xabar qildi. Shundan so‘ng ular sotuvdan olib tashlandi.
LEGO kompaniyasi vakili Sharlotta Simonsen o‘yinchoqlar LEGO Group’ga aloqador emasligini ta’kidlab o‘tdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)