Germaniyaning Volkswagen avtomobilsozlik kompaniyasi III chorakda “dizelgeyt” bilan bog‘liq yana 2,5 milliard yevro chiqim bo‘lganini ma’lum qildi. AQShda sotilgan avtomobillarning dizel dvigatellarini ta’mirlashga ajratilgan bu pullar chorakning moliyaviy ko‘rsatkichlarini yomonlashtiradi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Shu tariqa, kompaniyaning dizel janjali bilan bog‘liq umumiy xarajatlari 25 milliard yevrodan oshdi, deyiladi xabarnomada.
Aytilishicha, qo‘shimcha chiqimlar operatsion natijalarga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi, negaki avtomobillarni tuzatish bo‘yicha kelishilgan dastur realizatsiyasi texnik qiyinchiliklar bilan bog‘liq.
Izoh (0)