Chexov nomli Moskva badiiy teatri (MXT) 30 yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor O‘zbekistonda gastrollar bilan keldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Spektakllar Toshkent shahridagi Akademik rus drama teatri sahnasida qo‘yiladi.

29—30-sentabr kunlari Yevgeniy Grishkovets pyesasi asosidagi “Uy” spektakli namoyish etiladi. Uni Sergeya Puskepalis sahnalashtirgan.

1 va 2-oktabr kunlari esa Grishkovetsning yana bir — “Tarozilar” spektakli taqdim etiladi. Unda aktyorlar Igor Zolotovitskiy, Vera Xaribina, Ruslan Bratov, Valeriy Troshin va Sergey Ugryumovni ko‘rish mumkin.