Ukraina Oliy Radasi milliy xavfsizlik va mudofaa qo‘mitasi kotibi Ivan Vinnik Vinnitsa viloyatidagi Kalinovka qishlog‘ida joylashgan o‘q-dori omborida 800 million dollarlik qurol-yarog‘i buyumlari yonib ketganini bildirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Bugun davlat o‘q-dori portlashi oqibatida 800 million dollar yo‘qotdi, ular yangi bo‘lmagan taqdirda ham bu bozor narxlaridir”, — dedi u mahalliy telekanallardan birining efirida.
Shu bilan birga, xalq deputati Teteruk aniq zarar portlashlar to‘xtab, omborga kirish imkoniyati tug‘ilganidan so‘ng hisoblab chiqilishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, harbiy ombordagi portlash natijasida Kalinovsk tumanida evakuatsiya e’lon qilindi. 27-sentabr kuni ertalab holatiga ko‘ra, u yerdan qariyb 30 ming kishi chiqib ketgan. Kamida ikki kishi jarohatlangan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)