AQSh prezidenti Donald Tramp “Savdo floti to‘g‘risida”gi 1920-yili qabul qilingan qonun me’yorlarining Puerto-Rikoga nisbatan amalga oshirilishini to‘xtatdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Ushbu qonun chet el kemalari AQSh portlari o‘rtasida yuk tashishini taqiqlaydi.
Qonunning bekor qilinishi “Mariya” to‘foni oqibatida zarar ko‘rgan Puerto-Rikoga yordam berish uchun kerak bo‘ldi. Qonunni bekor qilishni Puerto-Riko gubernatori Rikardo Rosello so‘radi.
Izoh (0)