Ijtimoiy tarmoqlarda aktrisa Xosiyat Husanova ishtirokidagi bahsli videoyozuv paydo bo‘ldi. Unda aktrisa va uning yaqinlari mahalla ko‘chasidagi chiqindi uyumi yuzasidan qo‘shnilar bilan tortishayotgani aks etgan.

Foto: “Kino-teatr.ru”

Ichki ishlar idorasi xodimi guvohligida yuz bergan bahs davomida aktrisa rus tilida gapirayotgan qo‘shnilariga qarata: “O‘zbekistonda yashasang — tozala! Yo‘qsa, Rossiyangga bor!”, — deya gapirgan.