Ispaniya politsiyachilari Madrid metropoliteni poyezdlaridan birida mushtlashuv uyushtirgan ikki yosh yigitni ushladi. Bu haqda El Mundo nashri xabar bermoqda.
Mushtlashuv chog‘ida ulardan biri to‘pponcha chiqarib, undan o‘q uzdi. Shundan so‘ng yo‘lovchilardan biri favqulodda tormoz dastasini tortdi, buning oqibatida ko‘pgina odamlar vagon poliga yiqildi. Bu, o‘z navbatida, sarosima keltirib chiqardi.
“Qattiq qo‘rqdik”, — dedi guvohlardan biri.
Metro yo‘nalishi harakati to‘xtatildi. Politsiya va qutqaruvchilar yo‘lovchilarni poyezddan olib chiqdi.
Voqea oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Aniqlashtirilishcha, ikki janjalkash ham Lotin Amerikasi vakillaridir.
Izoh (0)