AQSh prezidenti Donald Trampning korteji Indianapolis aeroportiga ketayotganida yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
YTH oqibatida prezidentning kortejiga hamrohlik qilayotgan mototsikldagi politsiyachi jarohatlandi. U boshqaruvni yo‘qotib, yiqilib tushgan.
Politsiya xodimiga to‘piq suyagi sinishi va bosh miyaning chayqalishi tashxisi qo‘yilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekanligi ma’lum qilingan.
Indianapolisda Tramp soliq islohotiga oid nutq so‘zladi.