Iroq Kurdistonining mustaqil davlatga aylanishi yuzasidan o‘tkazilgan referendum ishtirokchilarining 92,73 foizi ushbu mintaqaning Iroqdan ajralib chiqishini yoqlab ovoz berdi. Bu haqda Referendum va saylovlar bo‘yicha oliy mustaqil komissiya hisobot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Komissiyaning yakuniy ma’lumotlariga qaraganda, uchastkaga kelgan 3,3 million saylovchining 92,73 foizi mustaqillikni yoqlab chiqqan. Saylovchilar davomati 72 foizni tashkil qilgan.Komissiya rahbari Xandrin Muhammadning so‘zlariga qaraganda, “plebissit shaffof muhitda, mahalliy va xorijiy kuzatuvchilar nazoratida o‘tdi”.
“Referendum biror-bir jiddiy muammo va qoidabuzarliklarsiz o‘tdi”, — qo‘shimcha qildi u.
Izoh (0)