4001 nafar abituriyent OTMlarga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlari natijalaridan norozi bo‘lib, DTMga ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda, Davlat test markazi axborot xizmatiga asoslanib, Uz24 ma’lum qiladi.
Arizalar 18-avgustdan 18-sentabrgacha ekspert guruhlari a’zolari tomonidan bevosita apellyatsiya shikoyatini bergan abituriyentlar ishtirokida ko‘rib chiqildi.
Ulardan 657 nafari apellyatsiya jarayoniga kelmadi, 248 nafarining hujjatlarida kamchiliklar mavjudligi sababli apellyatsiya arizalari ko‘rib chiqilmadi. Bir nafar abituriyent apellyatsiya o‘tkazish tartibini buzganligi sababli jarayondan chetlashtirildi.
Ko‘rib chiqilgan arizalar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Davlat komissiyasiga taqdim etildi.
Izoh (0)