Avstraliyalik juftlik Costco supermarketida nikoh to‘yini o‘tkazdi. Tadbir 23-sentabrda bo‘lib o‘tgan va unda yoshlarning 90 nafar do‘sti ishtirok etdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Sidneylik Syu Berkli va Elay Bob supermarketda xarid qilishni yaxshi ko‘rgan va dastlab supermarketda nikoh to‘yi o‘tkazish haqida hazillashgan. Berklining so‘zlariga ko‘ra, Costco tejamkorlik qilish uchun eng maqbul joy bo‘lgan.
Nikoh to‘yi supermarketning ovqatlar bo‘limida bo‘lib o‘tdi, mehmondorchilik uchun xot-dog, pitssa, shuningdek, koreyscha barbekyu tortilgan.
Izoh (0)