Inson huquqlari bo‘yicha BMT oliy komissari boshqarmasi Rossiyaga Qrim yarim orolida Ukraina qonunlarini qo‘llashni tavsiya qildi. Bu haqda boshqarma saytida chop etilgan hisobotda aytiladi.
Hujjat matnida aytilishicha, BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyalariga muvofiq, yarim orolda Ukraina qonunchiligi holatlari qo‘llanilishi lozim, shuningdek, ukrain tilidagi ta’lim qaytadan yo‘lga qo‘yilishi kerak.
Bundan tashqari, bayonotda Qrimda jiddiy qonunbuzarliklar, noqonuniy hibsga olishlar va qiynoqqa solishlar qayd qilingani ta’kidlanadi. Aytilishicha, Rossiyaga xayrixoh mahalliy hukumat kamida bir kishini sudsiz qatl qilgan.
Izoh (0)