Iroq Kurdistonida mustaqillik bo‘yicha o‘tkazilgan referendumning oxirgi ovoz berish uchastkalari yopildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
To‘rt tilda (sorani, arab, ossuriy, turkman) chop etilgan saylov byulletenida ovoz beruvchiga quyidagi savol berilgan edi:
“Kurd mintaqasi va mintaqa ma’muriyati nazoratida bo‘lmagan kurd zonalari mustaqil davlat bo‘lishiga rozimisiz?”.
25-sentabr ertabalki soatlaridan Kurdiston prezidenti Mas’ud Barzoniy, Kirkuk hokimi Namjiddin Karim, mintaqaviy hukumat raisi Nachirvon Barzoniy va boshqa siyosatchilar o‘z ovozlarini berdi. Mahalliy vaqt bilan soat 17:40 qacha aholining 73 foizi ovoz berib bo‘ldi.
Iroq parlamenti Kirkukka va mintaqaning boshqa hududlariga harbiylarni yuborishga qaror qildi. Rasmiy Bag‘dod buni mintaqa aholisining xavfsizligini ta’minlash zarurati bilan tushuntirdi.
Iroq Kurdistoni tarkibiga to‘rt viloyati kiradi — Doxuk, Xavler, Sulaymoniy va Halabja. Mintaqa aholisi — 5,5 million kishi. Umumiy maydoni — 40 ming kvadrat kilometr.