AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya vakillari Rossiyaning AQSh maxsus qo‘shilmalariga nisbatan ilgari surgan ayblovlariga javob qaytardi. Bu haqda “Versiya” nashri xabar bermoqda.
Ilgariroq Rossiya tomoni AQSh maxsus mo‘ljal qo‘shinlari muxolif “Suriya demokratik kuchlari” otryadlarini IShID hududidan o‘tkazayotganini bildirgan edi. Ammo koalitsiya buni inkor qildi.
Bayonotda aytilishicha, Rossiyaning ayblovlari yolg‘onga asoslangan.
“Operatsiyalar xavfsizligini ta’minlash uchun biz joriy missiyalar yoki koalitsiya kuchlari harbiy xizmatchilari, hamkorlarimizning otryadlari joylashuvi haqida hech narsa demaymiz”, — deyiladi bayonotda.
Shuningdek, koalitsiya shtabi vakili terrorchilar tomonidan “bunday iltifot Rossiya va Suriya kuchlariga ko‘rsatilishi”ni ta’kidladi.
“Suriyani IShIDdan tezroq ozod qilish uchun biz rossiyaliklar koalitsiya kuchlari va hamkorlarimizga ham shunday iltifot ko‘rsatsa minnatdor bo‘lardik”, — xulosa qildi u.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)