Angliya Premyer-Ligasining 6-turidan joy olgan “Stok Siti” — “Chelsi” o‘yinida londonlik futbolchilar 4 ta gol farqi bilan zafar quchdi. Bellashuvda “Chelsi”ning ispaniyalik hujumchisi Alvaro Morata 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Squawka nashri Premyer-Ligada xet-trik qayd etgan ispaniyalik futbolchilar soni yana 1 taga oshgani borasida ma’lumot berdi. Bungacha “Arsenal” vakili Santi Kasorla, “Suonsi”, “Uigan”, “Sanderlend”, “Blekbern” kabi klublarda to‘p surgan Jordi Gomes, “Chelsi”ning endilikdagi sobiq hujumchisi Diyego Kosta Angliya chempionatida xet-trik qayd etish baxtiga musharraf bo‘lgandi.
Fernando Torres esa tumanli Albionda 4 marta xet-trik qayd etgani bilan maqtana oladi. Ayni paytda Madridning “Atletiko” klubida to‘p surayotgan Torres, “Liverpul” va “Chelsi”dagi faoliyati davomida Angliyada katta iz qoldirgan deb bemalol aytish mumkin.