Iroq qurolli kuchlari kurdlarning peshmerga qo‘shinlari bilan Al-Havija shahrida IShID terrorchilik tashkiloti jangarilariga qarshi birgalikda qarshi kurash olib borish borasida kelishib oldi.
Bu haqda “RIA Novosti” mahalliy kuch tuzilmalaridagi manbalarga asoslanib xabar bermoqda. “Bitim besh banddan iborat bo‘lib, u xalqaro koalitsiya vakillari guvohligida imzolandi”, — deya ma’lum qildi manbalar.
Kelishuvga ko‘ra, IShIDga qarshi operatsiyada tomonlar artilleriyadan foydalanadi, shuningdek, hozir egallab turgan nuqtalarida o‘z jangovar kuchlarini saqlab qoladi.
Izoh (0)