Venesuela rasmiylari Kanadaning prezident Nikolas Maduro rejimi vakillariga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish qarorini tanqid ostiga oldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Venesuela rasmiylarining fikricha, Kanada bu bilan AQSh prezidenti Donald Trampga bo‘ysunishini ko‘rsatib qo‘ygan.
Jumladan, bayonotda ta’kidlanishicha, sanksiyalarni kuchaytirish bo‘yicha Kanadaning xatti-harakatlari AQSh ma’muriyatining ishlariga uyg‘un kelmoqda.
“Kanada prezident Donald Tramp hukumatiga bo‘ysunish orqali axloqsiz hamkorlikka qo‘l urdi”, — deyiladi bayonotda.
Bundan tashqari, Venesuela vakillari Kanadani sanksiyalar orqali mamlakatning qonuniy hukumatini ag‘darishga yordam berishga urinayotganlikda aybladi.
Izoh (0)