AQSh sobiq prezidenti Bill Klintonning “Prezident g‘oyib bo‘ldi” kitobi Showtime telekanali tomonidan serial ko‘rinishida ekranlashtiriladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Foto: AP

Klintonning siyosiy triller yozish niyati haqida may oyida ma’lum bo‘ldi. Yozuvchi Jeyms Patterson uning hammuallifi bo‘ladi. Asar Qo‘shma Shtatlarning Oq uydan to‘satdan g‘oyib bo‘lgan to‘qima prezidentiga bag‘ishlanadi.

Kitob ustidagi hamkorlikdagi ishlarda Klinton davlat rahbari va uning xavfsizlik xizmati faoliyati bilan bog‘liq tafsilotlar aniq yoritilishi uchun javob beradi.

Kitob 2018-yil iyunida dunyo yuzini ko‘rishi kutilmoqda. Serial namoyish etiladigan sana hozircha ma’lum emas.

Showtime kitob qahramonlarini hayotda jonlantirishini betoqatlik bilan kutyapman.

Bill Klinton, AQShning sobiq prezidenti