Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 22-turidan joy olgan “Sho‘rtan” — “Navbahor” o‘yini 3:3 hisobi bilan yakun topdi.
“Buxoro” — “Dinamo” o‘yinini boshqargan hakam O‘FF prezidentining topshirig‘i bilan futboldan chetlatildi
Futboldan chetlashtirilgan hakam Rustam Bobomurodov o‘yinni halol boshqargani haqida aytdi, u tushkunlikda
Video: Futboldan chetlashtirilgan o‘zbekistonlik hakamning xatosini ekspertlar qanday sharoitda ko‘rdi?
Oliy Liga 21-turidan joy olgan “Buxoro” — “Dinamo” o‘yinida Rustam Bobomurodov ham nazoratchi tomonidan 2 bahoga loyiq ko‘rilgan bo‘lib, keyinroq u O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonovning jonbozligi sabab futboldan bir umrga chetlatilgandi.
O‘FF matbuot xizmati Olim Tolibjonov futboldan chetlatilgani borasida ma’lumot bermadi. Nazoratchi unga nima sababdan 2 baho qo‘yganiga ham oydinlik kiritilmagan. Bellashuvda Tolibjonov hech kimga qizil kartochka ko‘rsatmagan va penalti tayin qilmagan. Aynan kimgadir penalti bermagani uchun 2 baho oldimi yoki yo‘q — aniq emas.