O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchi va talabalari paxta terimidan ozod etildi. Bu haqda “Daryo”ning ishonchli manbalari xabar bermoqda.

Foto: UzReport

Ma’lum bo‘lishicha, paxta terimiga jalb etilgan talabalar uchun ertaga, 23-sentabrdan boshlab dars jarayoni boshlanadi.

Biroq, tibbiy xodimlarning paxta terimidan ozod etilishi haqidagi gap-so‘zlar hozircha o‘z tasdig‘ini topmadi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh Senatining xalqaro munosabatlar qo‘mitasi delegatsiyasi bilan 15-avgust kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhiddinov 8-avgust kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017-yilgi paxta hosilini terishga voyaga yetmagan yoshlarni, shuningdek, sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalari xodimlarini jalb etishni qat’iyan taqiqlash to‘g‘risidagi bayonnoma qabul qilinganini ma’lum qilgan edi.