Toshkentning “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze poytaxt derbisida “Lokomotiv” mag‘lub etilgach, shogirdlaridan ikki kishini alohida e’tirof etib o‘tdi: Igor Sergeyev va Aleksandr Lobanov.
Bunga qadar mazkur ikki futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasi muxlislari tomonidan keskin tanqid ostiga olingandi. Sergeyev JCh saralashining 10 ta o‘yinida maydonga tushib, 1 ta ham gol urmagan bo‘lsa, Lobanovning asosiy darvozabon bo‘lishga loyiq emasligi uzluksiz ta’kidlab kelingandi.O‘yin taqdirini doim gol hal etadi. Lobanov esa bugun bizni goldan qutqarib qoldi. Shu boisdan ham aynan u bizning darvozani qo‘riqlamoda.Toshkent derbisida “paxtakorchilar” “Lokomotiv” ustidan Marko Simichning yagona goli sabab zafar quchdi.Igor Sergeyev esa jamoa to‘purari. U juda mehnatkash, mashg‘ulotlarda astoydil ishlaydi. Ikkinchi davrada hozircha 5 ta gol urdi. Deyarli har uchrashuvda to‘p kiritadi. Men Igor Sergeyevni hurmat qilaman, u haqiqiy professional.
Shota Arveladze, “Paxtakor” bosh murabbiyi