“Yandeks” kompaniyasining Moskvadagi ofisida evakuatsiya e’lon qilindi. Bu haqda, kompaniya xodimlariga tayanib, Meduza yozmoqda.
Aytilishicha, ijtimoiy tarmoqlar orqali kompaniya xodimlari yong‘in signalizatsiyasi ishlab ketganini bildirgan.
“Yandeks”ning ofisi uchta binoda joylashgan. Uchta binodan ham xodimlar chiqarildi. Kompaniya rahbariyati ularni muddatidan ilgari uylariga jo‘natib yubordi.
“RIA Novosti”ga ko‘ra, evakuatsiya anonim qo‘ng‘iroqdan so‘ng e’lon qilingan.
Evakuatsiyadan bir muddat oldin ofisda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bo‘lgan edi. U xodimlar bilan muloqot qilgan hamda “Yandeks”da yaratilgan haydovchisiz avtomobil bilan tanishgan edi.