Iroq qo‘shinlari va yordamchi guruhlar Suriya chegarasiga yaqin joylashgan Ana shahrini IShID guruhi terrorchilaridan butunlay tozaladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Bu borada operatsiya qo‘mondoni Abdulamir Yaralla bayonot berdi.
Iroq bosh vaziri Haydar al-Abadiy mamlakat g‘arbidagi Anbar viloyatini tozalash operatsiyasi boshlanganini ma’lum qilgan edi. Ana shahri shu viloyatda joylashgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)