Dominikan respublikasi rasmiylari mamlakat hududiga “Mariya” to‘fonining yaqinlashishi munosabati bilan 22 provinsiyada tahdidning maksimal — qizil darajasini joriy etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Bundan tashqari, mamlakatning 32 provinsiyasida tahdid mavjud. Ulardan beshtasida tahdidning o‘rta — sariq darajasi joriy etildi.
Ilgari AQSh to‘fonlardan ogohlantirish milliy markazi “Mariya” zaiflashib, uchinchi darajaga tushganini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)