Ko‘pchilik hech qanday kuch sarflamasdan, mo‘jizaviy tarzda boyib ketishni xohlaydi. Lekin buning uchun o‘z-o‘zini nazorat qilish va doimiy ravishda o‘z ustida ishlash talab qilinadi. Quyidagi maslahatlar sizga o‘z boyligingizni ko‘paytirishga yordam beradi.

Foto: “Layfxaker”

  1. Bo‘sh vaqtingizning kamida 80 foizini o‘rganishga bag‘ishlang

Ko‘pchiligimiz barpo qiluvchilar emas, balki iste’molchilar hisoblanamiz. Ba’zilar uchun rahbariyatdan oyma-oy ish haqi olib turishning o‘zi yetarli bo‘ladi, ular kattaroq narsalarga erishishga intilmaydi.

O‘zining harakatsizligini oqlash va ishontirish uchun o‘ylab topilgan bahona — bu vaqtning yo‘qligi. Albatta, agar u o‘ylamasdan sarflansa haqiqatan ham yetishmaydi, masalan ijtimoiy tarmoqlarga yoki televizor ko‘rishga. Siz hech narsa qilmasdan turib qanday qilib boyib ketishingiz mumkin?

Yaxshisi bo‘sh vaqtingizni o‘qishga va o‘z ustingizda ishlashga sarf qiling. Bu muvaffaqiyatli kelajak va maqsadlarga erishish kalitidir. Sayyoramizning eng muvaffaqiyatli kishilari ko‘p vaqtlarini o‘rganishga ajratadi. Ular hech qachon o‘rganishni to‘xtatmaydi.

  1. Ikkala tomon uchun ham foydali bo‘lgan strategik hamkorlikni yarating

Bu istalgan natijalarga erishishga yanada ko‘proq yordam beradi. Lekin ko‘pchilik hamkorlik qilishni emas, balki raqobat qilishni ma’qul ko‘radi. Siz yolg‘iz harakat qilganingizdan ko‘ra, kim bilandir birga kattaroq narsa barpo qilishingiz mumkin.

Sizda bir soha bo‘yicha bilim bo‘lsa, boshqa odam esa boshqa sohalar uchun zarur  malakalarga ega bo‘ladi. Har ikkala tomonning mahoratlari ish beradigan loyiha rejasini tuzib chiqing.

  1. Marketingni o‘rganing

Agar sizning o‘z ishingiz bo‘lsa, marketing ishingizni osonlashtiradi. Mijozlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Ularning diqqatini jalb qilish va saqlab qolishni bilish kerak. Ruhshunoslik va fikr almashish asoslarini o‘rganing.

Ko‘pchilikning muvaffaqiyatga erisha olmasliklari sababi — vaqtlarini bu fanlarni o‘rganishga sarf qilishni xohlamaslik.

Manba: “Layfxaker”