O‘zbekiston tashqi savdo vazirligi qoshidagi “O‘ztreyd” kompaniyasi AQSh bozoridagi o‘rnini mustahkamlash va eksport yetkazmalari hajmini oshirish maqsadida Nyu-Yorkda savdo uyi ochdi. Savdo uyi bazasida o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar tovarlarining doimiy shourumi ishlab turadi, deb xabar qiladi “Gazeta.uz”.
20-sentabr kuni AQShda o‘tayotgan O‘zbekiston–Amerika biznes-forumida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro mahsulot yetkazish tizimini takomillashtirish muhokamalarning asosiy mavzusi bo‘ldi, deyiladi xabarnomada.
Forum doirasida AQShning yirik kompaniyalari bilan qator shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.
Izoh (0)