25—26-noyabr kunlari Ashxobodda VII xalqaro ko‘rgazma-yarmarka va “Turkmaniston paxta mahsulotlari va dunyo bozori” konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tadbir tashkilotchilari ma’lum qildi, deb yozadi “Vestnik Kavkaza”.
Ko‘rgazma-yarmarka Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat tovar xomashyo birjasi va Turkmaniston Savdo-sanoat palatasi ishtirokida tashkil etilmoqda.
Paxta Turkmaniston eksportida muhim o‘rin egallaydi. Mamlakatda to‘qimachilik sanoatini faol rivojlantirayotgan o‘nlab zamonaviy korxonalar uchun talabgir xomashyo hisoblanadi. Turkmaniston yerlarining 500 ming gektardan ortig‘i paxta bilan band.
Izoh (0)